QarMII Rektor kubogi: Iqtisodiyot fakulteti kubok sohibi bo’ldi

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan institut talaba-yoshlati o’rtasida futbol, voleybol, kurash, yengil atletika, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o’tkazilmoqda.
Kecha va bugun davom etgan futbol baxslarida 7 ta – Iqtisodiyot, Neft va gaz, Geologiya va konchilik ishi, Muhandislik texnikasi, Muhandislik texnologiyasi, Energetika fakultetlari hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Belorussiya milliy texnika universiteti o’rtasida tuzilgan “2+2” qo’shma ta’lim dasturi asosida tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar kubok uchun kurashdilar.
Qur’a tashlash yo’li bilan 2 guruhga bo’lingan jamoalarning o’zaro o’yinlarida 4 ta – Muhandislik texnikasi, Energetika, Geologiya va konchilik ishi hamda Iqtisodiyot fakultetlari sharafini himoya qilgan jamoalar final baxslarida to’p surish imkoniyatiga ega bo’lgan edilar. Bugungi o’yinlar aynan shu jamoalar ishtirokida o’tdi. Qizg’in va murosasiz tusda davom etgan kurashlarda bo’lajak iqtisodchilarning qo’li baland keldi. Ular rektorning ko’chma kubogini qo’lga kiritdilar. Energetika fakulteti jamoasiga 2-o’rin nasib qilgan bo’lsa, Geologiya va konchilik ishi futbolchilari shohsupaning 3-pog’onasidan joy oldilar.






QarMII axborot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan