Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasi Smolensk davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

2021-yilning 13-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Smolensk davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiya a`zolari Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Uvarov Igor Arturovich, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kovaleva Valentina Sergeyevnalarni UrDU rektori B.Abdullaev, O’quv ishlar bo’yicha prorektor S.Xodjaniyazov, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov, Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor G’.O’razboyev, hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov hamda fakultet dekanlari kutib oldi. Uchrashuvda UrDU rektori universitetning xalqaro hamkorliklari, qo’shma ta’lim dasturlari va imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, prorektorlar ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiyot, tarix, filologiya ta’lim sohalarida hamkorlik aloqalari, professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvini yo`lga qo`yish bo’yicha istiqboldagi hamkorlik haqida muzokaralar olib bordilar.



Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Uvarov Igor Arturovich bilan UrDU Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, tarix fanlari doktori S.Davletov, Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori O`. Abdullayev va Tarix fakulteti professor-o’qituvchilari o’rtasida ikki universitet hamkorligida tarix yo’nalishi va mutaxassisligi bo`yicha qo`shma ta’lim dasturlari tashkil etish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo`yish masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi. Suhbat davomida, ma`naviy-ma`rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlashda o`zaro tajriba almashinuv masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan