О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya о‘z ishini boshladi

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy о‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya о‘z ishini boshladi. Ushbu ayyomga puxta hozirlik kо‘rildi. Avvalo institut о‘ziga xos bayramona bezatildi. Oliy о‘quv yurti hovlisiga kiraverishda konferensiya ishtirokchilari karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Anjuman doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev kirish sо‘zi bilan ochib, ushbu xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati, uni ilm-fanni rivojlantirishda tutgan о‘rni va ahamiyatiga tо‘xtaldi. Tadbir dasturi doirasida qadimiy an’analar, urf-odatlar, madaniyatimiz, san’atimiz taraqqiyotida muhim о‘rin tо‘tgan folklor, til va madaniyat masalalarini о‘zida mujassam etgan kuy, qо‘shiq, turli sahna kо‘rinishlari namoyish etildi. Xalqimizda bugungi Rо‘zai ramazon oyida keksalar, yoshi ulug‘lar, ustozlarni eslash, ular holidan xabar olishdek yaxshi udum bor. Bu safar ham shunday bо‘ldi. Mazkur an’anaga sodiq qolingani holda mazkur oliygohda uzoq yillar ishlagan, hozirda keksalik gashtini surayotgan ustozlar holidan xabar olish maqsadida “Bayram karvoni” tashkil etildi. Institut jamoasi ushbu faxriylarning uylariga tashrif buyurib, piru badavlat otaxonu, mehribon onaxonlarni bayram bilan murobakbod etishdi, sovg‘alar ulashildi, ularga hurmat-ehtirom kо‘rsatildi.
Anjuman dorasida “San’atkorlar” kо‘shkida maqomxonlik, “Muhammad Yusuf” nomidagi kо‘shkda esa mushoiralar tashkil etildi. Kunning ikkinchi yarmidan to kechga qadar esa professor-о‘qituvchilar va talabalar о‘rtasida minifutbol va voleybol bо‘yicha musobaqalari bо‘lib о‘tadi.
Tadbir dasturiga kо‘ra, ishtirokchilar institutdagi innavatsion, ilmiy-ijodiy ishlar kо‘rgazmasini kо‘zdan kechirishdi.
Shundan keyin anjuman о‘z ishini boshladi. Xalqaro konferensiyani О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, tashkiliy qо‘mita raisi Ibrohim Yо‘ldoshev kirish sо‘zi bilan ochdi.
ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan, dunyoning Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon singari davlatlari, Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan respublikalar vakillari ishtirok etgan konferensiyada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan “Baxshi” sо‘zi va uning etimologiyasi mavzuida ma’ruza qilindi.
Ozarbayjonistonlik filologiya fanlari doktori, professor Ramiz Asker “Xamsa” asarining ozarbayjon tiliga tarjimasi haqida о‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, anjumanda “Epik asarda motivlar tadqiqi”, “Metodologii i texnologii universalnix kompetensiy” (Tatariston), “ Iskender Zülkarneyn ve Lokman Hekimye yer veren özbek masal ve efsanelerinin kaynaklari (Turkiya), “Mavsumiy marosim qо‘shiqlari” singari qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Xalqaro konferensiya kunning ikkinchi yarmida shо‘balarga bо‘lingani holda о‘z ishini davom ettiradi. О‘zining dolzabligi bilan ajralib turgan, qizg‘in bahs-munozalarga boy bо‘lgan anjumanda tadbir ishtirokchilari tomonidan folklor san’atini ilmiy о‘rganish masalalari, tilshunoslik va badiiy matn tadqiqining dolzarb muammolari, madaniy meros va ta’lim tizimidagi ilmiy-innavatsion yondashuvlar kabi mavzular muhokamalar markazida bо‘ladi.
“Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy о‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzuida о‘tkazilgan xalqaro anjumanda ilgari surilgan g‘oyalar, bildirilgan fikrlar, aytilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqilgani holda tegishli tegishli qaror qabul qilinadi. Tavsiyalar ishlab chiqiladi.








Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan