QarMIIda “Jinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi” mavzusida davra suhbati

Kecha institutda “Jinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Parul-post xizmati batalyoni boshlig’i A.Ahmedov va xodimi H.Akramov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Xayriddinov, professor-oʼqituvchilar va talabalari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi asosiy mavzu – yoshlar o’rtasida sodir etilatotgan jinoyatlarning oldi olish borasida qilinayotgan ishlar haqida bo’ldi. Ma’ruzachilar, mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlik qilishi uchun bank kreditlari ajratilayotgani, ularga har tomonlama shart-sharoit yaratish borasida hukumat tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar tahsinga loyiqligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, talaba-yoshlarga koʼcha va jamoat joylarida nojoʼya xatti-harakat sodir etmaslik, oʼtkir tigʼli jism yoki pichoq olib yurmasllik, zarurat boʼlmaganda tungi vaqtda koʼchaga chiqmaslik atroflicha tushuntirildi.




QarMII axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan