Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filial: «Sog’lom qizlar – yurt tayanchi» mavzusida davra suhbati

Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filial psixologi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi M.Gapparova “Tillar” fakulteti O‘zbek tili adabiyoti yo‘nalishi M.Mo‘minova boshchiligida 101-103 guruh talaba qizlari bilan «Sog’lom qizlar – yurt tayanchi» mavzusida davra suhbati o’tkazdi.
Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotida ayollarning mavqeini oshirish borasida psixologik maslahatlar berildi. Ta’lim olish bilan birga itoatkor, sabrli, qanoatli, intiluvchan bo‘lish lozimligi, tashqi ko‘rinish va tarbiyalari bilan barchaga o‘rnak bo‘lishlari borasida kerakli tavsiyalar berildi.
Zeroki har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil – muallim, uning tafakkur dunyosidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan