M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetning Toshkent shahridagi filiali rahbariyati talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularni teatr, kinoteatr va muzeylarga tashriflarini rejali asosda tashkil etmoqda.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetning Toshkent shahridagi filiali rahbariyati talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularni teatr, kinoteatr va muzeylarga tashriflarini rejali asosda tashkil etmoqda.

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6000-son farmonida talaba-yoshlarni teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish vazifasidan kelib chiqib, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan madaniyat muassasalari bilan shartnomalar tuzilib, talabalarni ushbu maskanlarga tashriflari amalga oshirilmoqda.

Filial talabalari 2021 yil aprel oyi mobaynida 5 marotaba O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri va 6 marotaba O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatrlariga tashrif buyurishdi. Ushbu teatrlarda namoyish etilgan spetakllar yoshlarda juda katta iliq taassurot qoldirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli “Geologiya muzeyi” va O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeylariga ekskursiyalar tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar muzeylarning tarixi va bu yerda saqlanayotgan qiziqarli, tabiat moʻjizalari hamda mineral toshlar, san’at asarlari va eksponatlar xaqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 


Talaba-yoshlarni teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish belgilangan reja va tuzilgan shartnomalarga asosan davom ettiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan