9-may – Xotira va qadrlash kuni

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti, «Musiqali teatr aktyorligi» 4 bosqich talabalari ustozlari Ikromjon Habibjonov boshchiligida Qo‘qon shahar, Ashurali Zohiriy nomli 45 mahallada istiqomat qiluvchi, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 96 yoshli Karimjon ota Rahimov xonadoniga tashrif buyurdilar.


Tashrif davomida talabalar qahramon ota bilan samimiy suhbat qurishdi. Urush faxriysi urush davrida boshidan kechirgan og‘ir damlarni, jangovor yurishlar mobaynida halok bo‘lgan quroldosh do‘stlari haqida ma’lumotlar hamda dunyoda eng bebaho ne’mat – tinchlik va xotirjamlikni qadriga yetish kerakligi borasida nasihatlar qilishdi.


Tashrif davomida talabalar Karimjon ota Rahimovga harbiy askarlar qo‘shiqlaridan namunalar va sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan