Navoiy davlat pedagogika instituti Britaniya menejment universiteti bilan memorandum imzoladi.

 

Navoiy davlat pedagogika instituti Britaniya menejment universiteti bilan memorandum imzoladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 6-may kuni oʻtkazilgan “Chet tillarini oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar asosida institut professor-oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Navoiy viloyati hokimligi va Britaniya menejment universiteti oʻrtasida ingliz tilini oʻqitish sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida tuzilgan kelishuvga asosan, joriy yilning 7-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti va Britaniya menejment universiteti oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Memorandum imzolandi.

Bu uchrashuv ikkala taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro manfaatli ilmiy metodik hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun juda muhim voqeadir.

Mazkur uchrashuv bugungi kunda mamlakatimizda dolzarb boʻlib turgan – chet tilini oʻqitishning samarali usullarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, xorijiy til mutaxassislarini va talabalarini til bilish kompetensiyalarini oshirish metodologiyasini ishlab chiqish kabi masalalarning yechimi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Memorandum doirasida taʼlim muassasalari oʻrtasida maʼlumot almashish va oʻzaro manfaatli loyihalar ustida ishlarni olib borish hamda ularni amalga oshirishga kelishildi.

Oʻzaro hamkorlik natijasi — Navoiy davlat pedagogika institutiga mutaxassislarni volontyor sifatida yuborish hamda institutning chet tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish va ularni trenerlar sifatida tayyorlash imkoniyatini beradi.
Mazkur Memorandumda, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashga, shuningdek Britaniya menejment universiteti huzuridagi institut professor-oʻqituvchilarining dunyoning yetakchi tajribalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari asosida malakasini oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bu esa Navoiy viloyatida chet tillarni oʻqitish sifat va samaradorligini yanada oshirish hamda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Kunning ikkinchi yarmida Britaniya Menejment universiteti delegatsiya aʼzolarining Navoiy davlat pedagogika instituti chet tili fakulteti professor –oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.

Unda chet tillarni oʻqitishning dolzarb muammolari hamda ikkala oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida amalga oshiriladigan ilmiy-metodik masalalar yuzasidan tajriba almashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan