Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o’tkazilgan 9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fotosuratlar tanlovi #XOTIRA_CHALLENGE ni natijalari.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o’tkazilgan 9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fotosuratlar tanlovi #XOTIRA_CHALLENGE ni natijalari:

Yuborilgan jami 200 ga yaqin fotosuratlardan tanlov shartlariga mos keladigan 66 tasi @talaba_vuz kanaliga joylandi va ovoz berish natijasiga ko’ra eng ko’p like yig’gan 10 ta fotosuratlar hakamlar hay’atiga taqdim qilindi.

Hakamlar fotosuratlarning sifati, tanlov shartiga mosligi va ko’p like yig’ganligini inobatga olgan holda I, II va III o’rinlarni aniqlab berishdi.

Tanlovning yakuniy natijalari quyidagicha:

1-o’rin: Sharipova Dinora Samarqand davlat universiteti
talabasi (1Kdan ziyod ovoz)

2-o’rin: Sharofiddinov Nasibjon Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi (990 ovoz)

3-o’rin: Sharofiddinova Zarifaxon Samarqand davlat universiteti talabasi (938 ovoz)

G’oliblar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan I, II, III darajali diplomlar va eng sara nodir kitoblar bilan taqdirlandilar!
Hurmatli talabalar diplom va sertifikatlarni 11-maydan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazidan olib ketishingiz mumkin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan