Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Navoiy davlat konchilik instituti  prorektorlari tashrif buyurishdi

 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Navoiy davlat konchilik instituti  prorektorlari tashrif buyurishdi

Joriy yilning  17-may kuni  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga  Navoiy davlat konchilik instituti  Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori B.Mardonov , Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Nurmurodov , O`quv ishlari bo`yicha prorektori N.Abduazizov  hamda Navoiy davlat konchilik instituti  Nukus filali direktori   A. Kaipbergenovlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni  universitet  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov va Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor  S.Alauatdinovlar  kutib olishdi.

Suhbat davomida universitet moddiy-texnik bazasi,  Fizika va  kimyo o`quv  laboratoriya   auditoriyalarning jihozlanishi, pedagog xodimlar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar  bilan tanishdilar.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Prezident murojaatnomasida oliy ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda ilg’or tajribalarni o’rganish, yurtimizning yetakchi innovatsiya markazlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishdan iborat.

Uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari muhokama qilindi va kelishib olindi.

  • Qo’shma ilmiy o’quv loyihalarini amalga oshirish;
  • Talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotlarni hamkorlikda  amalga  oshirish  bo`yicha  kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan