Yurtimizga Amerikaning Pittsburg universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Yurtimizga  Amerikaning  Pittsburg universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

PITTSBURG UNIVЕRSITЕTI 1787 yilda tashkil etilgan.

AQSHning Pensilvaniya shtatiga qarashli  Pittsburg shahrida joylashgan. 17 ta kollej va maktabdan iborat tibbiyot  oliygohda bugungi kunda 35 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

-Pittsburg universiteti tibbiyot fakulteti  AQSHning yeng yaxshi tibbiyot maktablari qatoriga kiritilgan.

-Pittsburg universiteti  jamoat  tadqiqot universiteti bo‘lib, dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida 156-o‘rinni egallagan. -Tadqiqot toifalariga ko‘ra  13-chi,  birlamchi tibbiy-sanitariya   xizmati sohasida da 14-chi

– dunyodagi eng yaxshi tibbiyot maktablarining mavzular ro‘yxatidan 17-o‘rinda turadigan Pittsburg tibbiyot oliygohi 2021 yilda  AQSHning shimoli sharqidagi  1chi  shtat universiteti deb topildi.

-2021 yilda Pittsburg universiteti AQSH davlat tadqiqot universitetlarining eng yuqori klasteriga kirdi.

Bugun  dunyodagi nufuzli tibbiyot oliygohining epidemiologiya va biokimyo yunalishi bo‘yicha  yetakchi olimlari  Pittsburgning o‘quv ishlari va xalqaro dasturlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari, epidemiolog Margaret McDonald, Tibbiyot maktabining xalqaro tibbiy ta’lim dasturlari direktori, ichki kasalliklar shifokori,  Tibbiyot professori Maykl Yelniki  hamda Tibbiyot fakulteti dekan muovini  biokimyo bo‘yicha molekulyar biologiya fanlari nomzodi biolog olim Salim Xon lar dastlab Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shodmonov  qabulida bo‘ldilar.

Muloqot chog‘ida  hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad, TTA va Pittsburg tibbiyot oliygohlari  o‘quv jarayonini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish yuzasidan fikrlar almashildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o‘qituvchilari bilan  Amerikalik olimlarning  ilmiy –amaliy uchrashuvlari ayniqsa sermazmun kechdi. Mehmonlar  dastlab Toshkent tibbiyot akademiyasi  ilmiy pedogogik jamoasining  o‘qitish metodikasi bilan tanishdi. Shuningdek, Pittsburg universiteti  olimlari Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedralaridagi amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Klinik bazalar ishini borib ko’rdilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi  Amerikalik olim, epidemiolog Margaret McDonalddan tashrif taassurotlari haqida  so‘radi:

Muxbir: Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan farqli o‘laroq   pandemiya jarayonidagi o‘qitish  metodikasi tibbiyot yo‘nalishidagi   universitetlar ilmiy-pedogogik jamoasi zimmasiga qanday mas’uliyat  yuklaydi.

Margaret McDonalddan: / epidemiolog olim AQSH/

-Aynan shu masalani birgalikda  ko‘rib chiqib, manfaatli hamkorlik qilish uchun ham  shu yerdamiz. To‘g‘ri ta’kidladingiz, Pandemiya bizga  ko‘p narsalarda  saboq chiqarishimiz, odatiy ishlarimiz va  taktik  uslublarimizga boshqacha yondoshuv  bilan munosabatda  bo‘lishimizni  o‘rgatyapti. Hususan biz tibbiyot  oliygohlari pedogoglari onlayn usulda ham tibbiyot fanlarini  chuqurroq va samaraliroq  o‘qitish mumkinligini tushunib yetdik. Bizning Universitetimiz  talabalri singari  TTA talaba  yoshlari ham  an’anaviy darslarni intiqlik bilan kutayotganligigap  ishonchim komil.

Tan olish kerak  onlayn darslar,  ilmiy- an’anaviy  oflayn darslar o‘rnini to‘liq  bosa olmaydi. Shunday bo‘lsada, vaziyatdan kelib chiqib o‘qitishning qulay va samarali usullarini topishimiz zarur.  Bugun  akademiya o‘qituvchilari bilan uchrashuv jarayonida oliy  hamshiralik  kurslari haqida  qiziqarli  ma’ruzalarini maroq bilan tingladim. Magistrlar bilan ochiq muloqotdan ta’sirlandim. Sizlarda yaxshi mutaxassislar tayyorlashga astoydil kirishilganini sezilib turibdi. Yoshlarning fikri teran, muhimi ular ilmiy izlanishda.

Men bunga  hamshiralik  yo‘nalishidagi muzokaralarimizdan so‘ng  amin bo‘ldim.  Bizda ham  hamshiralik  kurslari mavjud.Farqli jihati bizda  kurslar  4 yillik. Hamshiralarni oliy toifadagi  amaliyot ko‘rgan hamshiralar o‘qitadi. Sizlarda  biroz boshqacharoq. Kafedralarda  3 yillik  xamshiralik  kursi tinglovchilariga  shifokor pedogoglar dars berar ekan. Biz TTA professor o‘qituvchilari bilan bu masalada ham tajribalar almashishga kelishib oldik.

Taklifim, hamshiralarni  malakali, tajribada sinalgan  oliy toifali hamshiralar tayyorlasin. O‘z amaliyotidagi  tajribalarini o‘rgatsin. Bu jarayonda ko‘proq  amaliyot muhim.

Pittsburg Universiteti  delegatsiyasi  yurtimizda  23 mayga qadar bo‘ladilar.

Mashkur tashrifning birinchi kuni  Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan  Pittsburg universiteti  o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memomrandumi imzolandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan