BAYRAM BAYRAMONA RUHDA O’TDI

BAYRAM BAYRAMONA RUHDA O’TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bilan 2020-yildan buyon 21-may mamlakatimizda Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Shu munosabat bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Xodimlar va talabalari kasaba uyushmasi qo’mitasi, Axborot-resurs markazida hamda Neft va gaz fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari hamkorligida tadbir o’tkazildi.


Tadbir avvalida, rektor O.Bazarov ARM xodimlarini fidokorona va mas’uliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab samimiy tabrikladi. Tabrik so’zini Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi F.Tilovatov davom ettirib, ARM bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va “Bir asar tarixi” nomli sovrinli oylik tadbir tashkil etilayotganligini ta’kidlab o’tdi.


Tadbir markaz xodimlarining she’riy kompazitsiyalari, institutda bir necha yil avval faoliyat ko’rsatgan o’qituvchilar va ARM xodimlari haqida retro video roliklari, tib ilmining sultoni, bobokalonimiz Ibn Sino to’g’risida sahna ko’rinishi, ARM xodimlarining viloyatlararo raqs sahnalari, Besh tashabbus doirasida ARM da olib borilgan ishlar tog’risida video roliklari, “Kitob – nurli kelajak demakdir” nomli sahna ko’rinishlari bilan davom etdi.


– Markazda bir necha yil rahbarlik vazifasida faoliyat ko’rsatgan va hozirda nafaqada bo’lgan N.Keldiyorova so’zga chiqib, xodimlarni bayram bilan tabrikladi va ARM ishonchli qo’llarda ekanligi haqida gapirgan gaplarini ham maqtov, ham mas’uliyat sifatida qabul qildik, – deydi ARM rahbari F.Norqobilova.


Tadbir yuqori saviyada va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Yakunda institut xodimlar va talabalari kasaba uyushmasi qo’mitasining estalik sovg’alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan