Filologiya fakulteti talabasi «MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021» deb topildi.

Filologiya fakulteti talabasi «MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021» deb topildi.

Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining 2-bosqich talabasi To’xtasinova Naimaxon Raxmonjon qizi Qozog’iston Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021» Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida Filologiya yo’nalishi bo’yicha 1-o’ringa loyiq ko’rilib,oltin medal hamda diplom bilan tadirlandi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan respublika miqyosida internetda yoritilgan ilmiy-maʼrifiy maqolalar tanlovida 2 – oʻrin sohibasi.

To’xtasinova Naimaxon talaba bo’lishi bilan bir qatorda Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi, Andijon U-Report Yoshlar Qo’mitasi boshqaruv o’rinbosari .

AnDU Filologiya fakulteti dekan o’rinbosari, Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Usmonjon Rahimov ilmiy rahbarligida «Xushomad» va «Uyat» konsepti hamda ularni yuzaga chiqaruvchi vositalar tadqiqi mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Hozirga qadar 20 dan ortiq ilmiy-publisistik maqolalari,tezislari, xalqaro,respublika miqyosidagi nashrlarda e’lon qilingan,to’plamlarga kiritilgan. Respublika Yosh Olimlar kengashi hamda Qozogiston Respublikasining “Дуние таланттары” ( Jahon istedodlari uyushmasi faxriy a`zosi .Sportning Qo’l jangi turi bo’yicha vodiy chempioni,Kix boxing sport turi bo’yicha Respublika hamda 2 karra viloyat chempioni.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan