IQTIDORLI YOSHLAR HAYOTIDAN…

IQTIDORLI YOSHLAR HAYOTIDAN…

“Men uchun ilmlar bellashuvi yangi dars, yangi mashgʼulot…taʼbir joiz boʼlsa yangi zamonaviy ustozdir.”

Shahzod Shamsiev…Toshkent tibbiyot akademisi talabasi. «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» Xalqaro loyihasi gʼolibi…

Shahzod Shamsiev tengqurlari orasida ilmga chanqoqligi va tirishqoqligibilan ajralib turadi. Uning Аkademiya tasarrufida oʼtkaziladigan tanlovlardan tortib, respublika hatto, xalqaro miqiyosda oʼtadigan turli fan bellashuvlaridagi ishtiroki shuning uchun ham besamar ketmaydi. Oʼz oldiga aniq maqsad qoʼyib, tanlagan kasbining sir asrorlarini astoydil oʼrganishga kirishgan boʼlajak shifokor kuni kecha yana bir muvaffaqiyati bilan ota onasi va ustozlari ishonchini oqladi.Yirik ilmiy pedogogik jamoa shaʼnini munosib himoya qildi.

Shu yilning 17 May kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida talabalar ilmiy jamiyatining 49 respublika ilmiy amaliy onlayn video konferensiyasi oʼtkazilgandi.

«Tibbiyoti rivojlantirish istiqbollari» nomli anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Shahzod Shamsiev «Inson organizmda vitaminlar yetishmovchiligining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy ishlanmasi bilan ishtirok etib yuqori natija koʼrsata oldi.

Turdiqul Bobomuratov. Bolalar kasalliklari kafedra mudiri, ilmiy rahbari.

– Shahzod har doimgiday bu safar ham ishonchimizni oqladi.

Аnjumanning » Dolzarb mavzudagi ilmiy ish» nominatsiyasi diplomini qoʼlga kiritib akademiyamiz yoshlariga oʼrnak koʼrsatdi.

Shu fursatdan foydalanib, men talabamizning shu kungacha qoʼlga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida aytmoqchiman. Boʼlar bola boshidan degan gapda jon bor. Shahzod 2 chi kursda tahsil olayotganida Lomonosov universitetining Toshkent filialida oʼtkazilgan xalqaro ilmiy amaliy anjumanda fundamental fanlarga qiziqishini “Eng yaxshi maʼruza nominatsiyasi” yoʼnalishidagi faol ishtiroki bilan isbotlay olgandi. Oʼnanda shogirdim 1chi oʼrinni qoʼlga kiritganida men uning keyingi istiboliga qattiq ishongandim. Аdashmagan ekanman, mana har yili ketma ket oʼtayotgan yoshlar anjuanlarida Shahzod Shamsiev oʼz oliygohi –Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi nomini munosib himoya qila olyapti.

2019 yil:

Tta talabasi Shahzod Shamsiev Lomonosov nomli Moskva Davlat Universitetining Toshkent filialida oʼtkazilgan «XXI Tibbiyotda zamonaviy kadrlar tayorlashning istiqbollari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda 1- oʼrinni egalladi. Shu yili Samarqand shahrida oʼtkazilgan xalqaro FORUM da eng yaxshi maqolasi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2019 yilda Toshkent shahar Yuridik universitetida oʼtkazilgan xalkaro FORUM eng yashi delegat nominatsiyasi gʼolibi boʼldi. Shuningdek, Toshkent davlat jahon tillari universiteti, Andijon davlat Tibbiyot institutida oʼtgazilgan XALQARO FORUMI da faol ishtirok etib, mahaliy hokimliklar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

2020 yil:

Urganch shahrida oʼtkazilgan Forumda 2-oʼrinni egallab, xalqaro ilmiy –amaliy tadqiqotlar konkursining 1-oʼrin sovrindori boʼldi.

2020 yilda Unga Penza shahrida boʼlib oʼtgan onlayn XVI Xalqaro ilmiy – tadqiqot tanlovda sharafli 1-oʼrin nasib etdi.

Shu yili Qozogʼistonning Nur-Sulton shahrida oʼtkazilgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» Xalqaro loyihasida qatnashib, birinchi darajali diplom va «Eng yaxshi yosh olim – 2021” koʼkrak nishoni sohibiga aylandi”.

Shohruh singari MDH davlatlari boʼylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʼshayotgan eng yosh olimlar ishtirok etgan bu kabi yirik ilmiy ijodiy loyihalar mintaqamizdagi yosh iqidorlarning ilm fanga nisbatan qiziqishini orttirish bilan birga ularni bir maqsad yoʼlida birlashtiruvchi platforma yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Shohruh menga telefon orali bergan intervьyusida, uning uchun bu kabi ilmiy bellauvlar nafaqat yutuq va diplomlardan iborat gʼalaba nashidasi, balki kelajak dasturlarini amalga oshirishi uchun eng qulay mashgʼulot, oʼrganayotgan ilmi, orttirayotgan tajribasini munosib sinovdan oʼtkazishning ayni fursati ekanligini aytdi.

“-men tanlovlarni, sinovni yaxshi koʼraman. Bilimlar bellashuviga qiziqishimning sababiga kelsak, tanlagan soham boʼyicha koʼproq bilimlarni oʼrgangim keladi. Аnatomiya faniga boʼlgan qiziqishlarim bugun meni urologiya sohasidagi yangiliklarni oʼrganishga undayapti. Tibbiyotdagi zamonaviy ishlanmalarni mustaqil tahlil qilgim keladi. Bilaman buning uchun hali koʼp oʼqib oʼzrganishim kerak. Ustozlarim taʼbiri bilan aytganda, tibbiyot taraqqiyo bilan teng harakatda. Kunda yangilanib, tafakkur olami kengayib boradigan serqirra soha. Yaxshi mutaxassis boʼlishni istagan shifokor kunda oʼz ustida ishlashi, izlanishi, ilmlarning eng yangisini oʼzlashtirib borishdan aslo toʼxtab qolmasligi kerak. Men uchun ilmlar bellashuvi yangi dars, yangi mashgʼulot…taʼbir joiz boʼlsa, yangi zamonaviy ustozdir.”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan