O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini 4-bosqich talabasi Nazim Bo’ronov Qozagʻiston Respublikasining Abay nomidagi medali bilan taqdirlandi.

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini 4-bosqich talabasi Nazim Bo’ronov Qozagʻiston Respublikasining Abay nomidagi medali bilan taqdirlandi.

Nazim Bo’ronov Qozag’iston Respublikasining «Jahon iste’dotlari» uyushmasi tomonidan Abay ijodiga bag’ishlangan xalqaro adabiy tanlovda o’zining «Abay poetikasining lingvokultralogik jihatlari» nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib adabiyotshunos olimlarning e’trofiga sazovor boʻldi hamda medal bilan taqdirlandi. Nazim Bo’ronov bugungi kunda qardosh mamlakatlar Qozog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Jahon iste’dodlari uyushmasi hamda Qirg‘iziston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Qirg‘iz shoir-yozuvchilari jamoat fondi a’zoligiga qabul qilingan iqtidorli yoshlardandir. Bugungi kunda yosh tadqiqotchining 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika xalqaro OAK jurnallari hamda anjumanlar to‘plamida va Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya, Belorusiya, Ukraina, Gollandiya, Hindiston, Bolgariya, Chexiya, Islandiya, Nederlandiya, Polsha, Ozarbayjon, AQSH, Angliya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zining innovasion va ilmiy g‘oyalari bilan faol ishtirok etib, ularning e’tirofiga sazovor bo‘ldi va sertifikat hamda diplomlar bilan taqdirlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan