Qashqadaryolik 19 yoshli hamyurtimiz «Eng yaxshi yosh olim» deb topildi

 

 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Daliyeva Eliza Zokir qizi joriy yilning aprel oyida Qozog‘iston Respublikasi Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng yosh olim – 2021» xalqaro tanlovida “Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida ustoz-shogird masalalarining yoritilishi” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, 1-darajali diplom hamda «Eng yaxshi yosh olim» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur tanlov Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida 2019 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Loyihada butun MDH davlatlari bo‘ylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan eng yaxshi yosh olimlar ishtirok etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan