Talabalar yotoqxonasida she’riyat va qo‘shiq kechasi bo‘lib o‘tdi.

Talabalar yotoqxonasida she’riyat va qo‘shiq kechasi bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar yotoqxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orif hamda taniqli estrada xonandasi Shuhrat Daryo ishtirokida «Shuhratli manzillar» nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov qalamiga mansub she’rlar yangradi. Hazilomuz ohangdagi satrlar davraning kayfiyatini ko‘tardi.
Shundan so‘ng mushoira navbati Shuhrat Orifga keldi. Shoirning ko‘pchilik uchun yod bo‘lib ketgan she’rlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Shuhrat Daryo o‘z chiqishini ustozlarga ehtirom ko‘rsatib Botir Zokirov ijrosidagi “Ra’no” qo‘shig‘i bilan boshladi. Yotoqxona zaliga yig‘ilgan talabalar bu va keyingi taronalarni gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi. “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” qo‘shig‘ini esa xonanda bilan birgalikda kuylashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan