Gender tenglik masalasida ilk marotaba Respublika seminar-treningi o‘tkazildi

Gender tenglik masalasida ilk marotaba Respublika seminar-treningi o‘tkazildi

▪️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva tashabbusi bilan mintaqada ilk marotaba Farg‘ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-treningi tashkil etildi.

⏩ Ushbu seminar-trening ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutasaddi vakillari gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.

✔️Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov onlayn shaklida ishtirok etib, har bir oliy ta’lim dargohlaridagi baraka, rivoj – shu joyda ishlovchi ayollarimizning pokiza va fidoyi mehnatlari mevasi ekanligini ta’kidladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan