Pushkin tavalludining 222 yilligiga bag`ishlab adabiy-badiiy kecha o`tkazildi

 

 

Pushkin tavalludining 222 yilligiga bag`ishlab, adabiy-badiiy kecha o`tkazildi

Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida rus xalqining buyuk shoiri, yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 222 yilligiga bag`ishlangan adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tdi. Tadbirda A.S.Pushkin ijodiy faoliyati va hayotining yorqin lahzalarini aks ettiruvchi sahnalar, kuy-qo`shiqlar va chiroyli raqslar ijro qilindi. Tadbirda talabalar o`sha davr ruhini ko`rsatib, adib asarlarini sahna orqali, ayniqsa “Yevgeniy Onegin” asari orqali adib iste’dodining yuksakligini namoyon qilishdi. Adib ijodiga bag`ishlangan tadbir juda yuqori kayfiyatda va mazmunli o`tdi. Tadbirda Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari va 2-kurs rus tili ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan