Toshkent davlat stomatologiya instituti va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

 

Toshkent davlat stomatologiya instituti va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda Hukumat qarorlarining ijrosi yuzasidan Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika sog‘liqni saqlash tizimi oldiga mazkur sohani modernizasiya qilish, aholiga jahon standartlari talablariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, yangi davolash standartlarini joriy etishni rivojlantirish vazifasi yuklatilgan.
Modernizasiyalash jarayonlari ta’lim va fan sohasidagi amaliy faol xalqaro hamkorligi hamda uning amaliyotga joriy qilish integrasiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ham ta’lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida bir qator muhim qadamlarni qo‘ydi. Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifadir.
Xususan, ta’lim jarayonini xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan integrasiyalash imkonini beradigan kredit-modulli o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda.
Ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazish uchun institutning ixtisoslashgan bo‘limlari o‘qituvchilari sifatida 25 dan ortiq xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
Ushbu yo‘nalishda Toshkent davlat stomatologiya institutiga Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad: Xamkorlikni yanada rivojlantirish, institutda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan amaliyotda tanishishdir.
Muloqot mobaynida Sog‘liqni saqlashda kadrlarni tayyorlash, innovasion va ilg‘or tajriba almashinish, shuningdek, ilmiy – tadqiqot masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining birinchi prorektori, professor Esirkepov M.M. rahbarligidagi delegasiya tomonidan, stomatologiya va farmasiya yo‘nalishidagi o‘quv – uslubiy ishlarni takomillashtirish, ilmiy va klinik ishlar, magistratura va doktorantura faoliyatiga bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi.
O‘zaro hamkorlikni yanada davom ettirish, aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan