«Yoshlar kubogi» zakovat turniri

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti tomonidan 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan o‘tkazilayotgan «Yoshlar haftaligi» doirasida «YOSHLAR KUBOGI» zakovat turniri e’lon qilindi.

» YOSHLAR KUBOGI » intellektual zakovat turnirida «Dekan kubogi 2-mavsum» zakovat turnirida kuchli beshtalikka kirgan jamoalar ishtirok etishdi.

Turnirni Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Siddiqov ochib berdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin: Maximizers
2-o‘rin: Aristokratlar
3-o‘rin: Shams

Pedagogika fakulteti Talabalar Kengashi a’zolaridan tashkil topgan «Yetakchilar» jamoasi va «GoRitm» jamoasi faxriy jamoa sifatida, «Biologlar» jamoasi esa mehmon jamoa sifatida faol ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan