OTM talaba-yoshlari ishtirokida “Kitobxon talaba” kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi

 

 

OTM talaba-yoshlari ishtirokida “Kitobxon talaba” kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida uch  nafar Oliy ta’lim muassasi talaba-yoshlari ishtirokida “Kitobxon talaba” kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi. Mazkur tanlovda TKTI, TDО‘TAU, TMI OTMlarning talabalari ishtirok etishdi.
Kо‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, badiiy asarlarni yaratish va qо‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli ishlarni hamda jamiyatimizda yuksak ma’naviyatni shakllantirish va mustahkamlashda badiiy asarlar roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish; ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil qilib, о‘zlarining mustaqil fikr bildirishga oid kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Shuningdek, yoshlar о‘rtasida kitobxonlik harakati targ‘iboti ta’sirchanligini yanada oshirish, kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vatanga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati tо‘g‘risida talabalarning tasavvurlarini yanada boyitish, iste’dodli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, kitob targ‘iboti orqali yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy ishlardagi faolligini yanada oshirishdan iboratdir.
Hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilar mahorat darajasi umumiy birlikda kо‘rib chiqilib, о‘qib eshittirildi. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. 👏

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan