VATANGA, PREZIDENTGA SODIQLIK ONTI

 

VATANGA, PREZIDENTGA SODIQLIK ONTI

Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy kafedra talabalari harbiy tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida mustaqil Vatanga va Prezidentga sodiqlik onti-Vatanga qasamyod qildilar.
Vatanga qasamyod – har bir jangchining harbiy hayot mezoni bo‘lib, u Vatan himoyachisiga har qanday vaziyatda, doimo dasturilamal sifatida xizmat qiladi. Qasamyod qabul qilish – yuqori ma’naviy vatanparvarlik aktidir. Vatan oldida qasam ichayotib, O‘zbekiston fuqarosi o‘z zimmasiga oliy va sharafli majburiyatni uning sharafini, ozodligini va mustaqilligini himoya qilish va mustaqillikning xalqparvar va nurli g‘oyalariga sodiq qolishni oladi. Harbiy qasamyodda O‘zbekiston hukumatining, xalqimizning o‘z himoyachilariga bo‘lgan talablari ifoda etilgan, ularda Qurolli Kuchlardagi xizmatda qo‘llaydigan asosiy majburiyatlar va jangchi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy sifatlar bayon qilib berilgan. Halol jangchi bo‘lish. Bu avvalo beg‘arazlik, sodiqlik bilan o‘zining xalqiga xizmat qilishlik, mehnatga va jamiyat oldidagi burchlariga vijdonan yondashishdir. Halol jangchi deb yana shunday jangchini aytadiki, o‘zining asosiy ishlaridan xizmat burchlarini yuqori qo‘yadi, jang paytida dushmandan g‘olib chiqish uchun har qanday xavf xatarga ikkilanmay mardona bora oladigan bo‘lishi kerak, o‘zining va o‘rtoqlarining xatolarini komandirlardan yashirmay chin ko‘ngildan tan olib, uni bartaraf eta oladigan bo‘lishi kerak. Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini davom ettirish harbiy kafedramiz uchun sharafli burchlardan hisoblanadi. Bizning harbiy kafedramiz talabalari ham harbiy tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida o‘zlarining ustoz-murabbiylari, kursdosh o‘rtoqlari hamda ota- onalarining oldida qo‘lida qurol ushlagan holda Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sodiq bo‘lishga ont ichdilar. Ushbu tantanali marosimda harbiy kafedrada tahsil olib, bugun Vataniga qasamyod qilgan talabalarimizni chin qalbimdan qutlayman. Ularga baxt saodat, o‘qishlarida muvafaqqiyat, kelajakda vatanimizga, xalqimizga chin ko‘ngildan xizmat qiluvchi shifokor bo‘lishlarida tilakdoshman.

ADTI PROREKTORI M. BOTIROV

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan