Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘ldi

 

 

 

 

Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev  Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘ldi

Institut rektori Sharifboy Ergashev bilan muloqot chog‘ida joriy yil 16 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan oliy ta’lim tizimidagi ustuvor masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Yangi Namangan tumani hokimligi va Namangan muhandislik-qurilish instituti o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Jobir Abdullayev Namangan muhandislik-qurilish instituti tadqiqotchi olimlari va talaba-yoshlarining ilmiy ishlanmalari, auditoriyalardagi sharoitlar, oliy o‘quv yurti labaratoriyalari uchun keltirilgan eng so‘nggi jihozlar bilan tanishdi.

Institut talabalari amaliyot o‘tashi bilan bog‘liq fikr-mulohazalar bildirildi.

Ma’lumot uchun, Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev ham Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchisi hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan