TALABA VA YOSHLAR FORUMI” DOIRASIDAGI “NIMA?, QAYERDA?, QACHON?” BELLASHUVINING HUDUDIY BOSQICHI BO`LIB O`TDI

TALABA VA YOSHLAR FORUMI” DOIRASIDAGI “NIMA?, QAYERDA?, QACHON?” BELLASHUVINING HUDUDIY BOSQICHI BO`LIB O`TDI

2021-yil 22-iyun kuni Urganch davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari o‘rtasida 30-iyun “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida mamlakatimizdagi keng ko`lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish va ularga o`z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan “Talaba va yoshlar forumi” doirasidagi “Nima?, Qayerda?, Qachon?” bellashuvining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv Urganch davlat universitetining Madaniyat saroyida o`tkazilib, unda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoalari ishtirok etdilar.

Bellashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.

O`yin yuqori saviyada, qizg`in bahs-munozaralarga boy tarzda o`tdi. Bellashuv doirasidagi bir-biridan qiziqarli savollar talaba-yoshlarning bilimini chin ma`noda sinovdan o`tkaza oldi. Yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: UrDU «IDROK» jamoasi;
2-o‘rin: TTA UF «Ibn Sino izdoshlari» jamoasi;
3-o‘rin: TATU UF «Diomond» jamoasi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan