O‘zbekiston-Vengriya rektorlar forumining so‘ngi manzili Buxoro bo‘ldi

 

 

 

O‘zbekiston-Vengriya rektorlar forumining so‘ngi manzili Buxoro bo‘ldi

▪️Buxoro davlat universitetida davom ettirilgan forumning so‘ngi kunidagi tadbirda Vengriyalik akademik delegasiya, shu mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi hamda Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi OTM rektorlari va filiallar direktorlari ishtirok etdi.
🔸Tadbir doirasida ikki davlat oliygohlari o‘rtasida 10 ta memorandum imzolandi.
🔸Mazkur hamkorlik aloqalaridan:
— oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish;
— masofaviy ta’limdagi ustuvor metodlar, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, agronomiya va biotexnologiyalar, axborot texnologiyalari, loyihalarni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar tashkil qilish;
— muhim sohalarda bakalavr va magistratura bosqichlarida ikki tomonlama diplom dasturlarini ishga tushirish maqsadlari ko‘zlangan.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan