Pedagogika fakulteti tomonidan 30-iyun – «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan «Yoshlar haftaligi» o‘z nihoyasiga yetdi

Pedagogika fakulteti tomonidan 30-iyun – «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan «Yoshlar haftaligi» o‘z nihoyasiga yetdi

2021-yil 23-iyun kuni UrDU Madaniyat saroyida «Yoshlar haftaligi» ning yakuniy taqdirlash marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Siddiqov ochib berdilar. Tadbirda fakultet o`qituvchisi A.Matmuradov va UrDU Talabalar kengashi raisi S.Allanazarovlar ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida har bir kun tafsilotlariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi. Haftalik davomida faol ishtirok etgan bir guruh talaba-yoshlar diplom, tashakkurnoma, sertifikat va ko‘pgina sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2020-2021-o‘quv yili davomida Pedagogika fakulteti Talabalar kengashida namunali faoliyat olib borgan fakultet yetakchilari ham alohida taqdirlandi.

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:
https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan