IT-Parkda Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan “Hack4Region” xakatonida universitet jamoasi vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi

22–23-iyun kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT-Park, Sirdaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida viloyatda ilk bor talabalar va iqtidorli yoshlar o‘rtasida xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov viloyat yoshlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida xavfsizlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan “Smart siti” loyihasi bo‘yicha tashkil etildi.

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan