«REKTOR KUBOGI» TAQDIRLASH MAROSIMI

Sport salomatlik garovi. Yoshlikdan sport bilan oshno bo‘lgan inson sog‘lom va mazmunli hayot kechirishi shubhasiz.

Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga keng yo‘l ochmoqda.
Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari o‘rtasida o‘quv yili davomida “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.
Jumladan, musobaqalar erkaklar o‘rtasida 17 ta sport turi bo‘yicha jami 40 ta jamoa, ayollar o‘rtasida esa 14 sport turi bo‘yicha 15 ta jamoa ushbu musobaqada faol qatnashdi.
“Rektor kubogi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimida 2020/2021-o‘quv yili davomida musobaqalarda ishtirok etgan jamoalarning yiqqan ballari sarhisob qilindi va natijalar e’lon qilindi. “Rektor kubogi” hamda 3 ta o‘rin bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
– Ochig‘ini aytsam, talabalar haqiqat kuchli ishtiyoq bilan mazkur musobaqalarda ishtirok etdi, – deydi UrDU prorektori Sanjar Davletov. – Ushbu musobaqalarda o‘g‘il-qizlar, shuningdek, professor- o‘qituvchilarning ham qatnashgani oliygohda sog‘lom turmush tarzining barqaror davomiyligini ta’minlaydi. Bizning talabalarimizni nafaqat intellektual salohiyatli, ma’nan yetuk, balki jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lishlarini ham xohlaymiz.
“Xalqimizda sog‘ tanda sog‘lom aql!”, degan naql bor. Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad ham talabalarni Vatanimiz, halqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan