Namanganda «Kelajak liderlari» klubi bitiruvchilari o‘z tengdoshlari bilan uchrashdi

Namanganda «Kelajak liderlari» klubi bitiruvchilari o‘z tengdoshlari bilan uchrashdi

Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish Dasturining birinchi bitiruvchilari bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yil ichida mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, yoshlar uchun turli imtiyozlar, davlat mukofotlari ta’sis etildi, yoshlarni turli sohalarda o‘zlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli tarzda izchillik bilan olib borilmoqda.

Ochiq muloqotni tashkil etishdan maqsad, “Kelajak liderlari” o‘quv dasturi haqida va yosh liderlar tomonidan liderlik ko‘nikmalari, xususiyatlari, liderning o‘ziga xos jihatlari, belgilari, bugungi kunda liderlarda taqozo etiladigan bilim va ko‘nikmalar to‘g‘risida tushunchalar berishdan iborat.

Prezidentimizning joriy yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi hayotimda tub burilish yasadi, – deydi Dostonbek Abduqahhorov. – Viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda «Mahallabay» tizimi bo‘yicha ishlash haqidagi taklifimni ma’qullagan Prezidentimiz meni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tavsiya qildi. Ayni vaqtda ushbu lavozimda zimmamizdagi ulkan mas’uliyatni his etgan holda ish olib bormoqdamiz. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Mahalla raisi – islohotchi» tamoyilini Namangan shahridagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga keng joriy etmoqdamiz.

Konstruktiv ruhda qizg‘in kechgan ochiq muloqotda “Kelajak liderlari” o‘quv dasturini tamomlagan va yuqori lavozimlarga ishga tayinlangan 5 nafar yosh davlat xizmatchisi tadbirga jam bo‘lgan 150 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar, o‘quvchi-talabalarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan davlat fuqarolik xizmatini yanada rivojlantirish borasida taklif va mulohazalar tinglandi.

Barcha uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, kelgusida viloyatda liderlar safini kengaytirishga, davlat xizmati uchun kerakli zaxira kadrlar bo‘lib shakllanishga, shuningdek, ishtirokchi yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

 

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan