ISTEʼDOD, IQTIDOR VA RAG’BAT

 

ISTEʼDOD, IQTIDOR VA RAG’BAT

2021-yil 29-iyun kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Urganch shahar bo’limi hamda UrDU Boshlang’ich tashkiloti tomonidan 30-iyun – “Yoshlar kuni”ga bagʻishlab, «Isteʼdod , iqtidor va rag’bat» mavzusida tanlov bo`lib o`tdi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo`yicha o`tkazildi:

✔️»Eng yaxshi innovatsion gʻoya muallifi»
✔️»Eng chiroyli qo’shiq muallifi»
✔️»Eng yaxshi rassom»
✔️»Eng xushovoz xonanda»
✔️»Eng yaxshi she’r muallifi»
✔️»Eng mahoratli pazanda»
✔️»Eng mahoratli tikuvchi»
✔️»Eng mahoratli raqqos»
✔️»Eng mohir musiqachi»
✔️»Eng mohir sportchi».
✔️»Eng mahoratli suxandon»(Notiq)

Tanlovda Pedagogika, Turizm va iqtisod, San`atshunoslik, Tabiiy fanlar, Texnika, Kimyo-texnologiya fakultetlari talabalari faol ishtirok etishdi. Har bir nominatsiya bo`yicha uchtadan g’oliblar aniqlandi va birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

Ayniqsa, qizlarning to`quvchilik, tikuvchilik, rassomchilik bo`yicha ko`rgazmaga qo`yilgan ishlari tomoshabinlar diqqatini tortdi.

G’oliblar O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i S.Palvonov va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Urganch shahar bo’limidan D.Atamurotovlar tomonidan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan