Sirdaryolik yoshlar Toshkent shahrida

Sirdaryolik yoshlar Toshkent shahrida

30-iyun mamlakatimizda yoshlar kuni ekanligi barchamizga ma’lum, albatta. Bayram arafasida esa Prezident bilan butun respublikadan saralangan yoshlarning uchrashuvi o’tkazilishi an’anaga aylangan. Sirdaryolik saralangan, barcha sohalar bo’yicha eng oldi safdagi yoshlar ham uchrashuvda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yo’l olishdi. Ularga Sirdaryo viloyati hokimi G’ofurjon Mirzayev oq yo’l tilab, o’z ezgu tilaklarini va tavsiyalarini bildirib o’tdi. -«Respublika yoshlar forumidan ko’plab yaxshiliklarni va yangiliklarni kutyapman. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz bilan o’tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda ishtirok etish nasib qilganidan xursandman», -deydi Guliston davlat universiteti talabasi, «Sirdaryo iftixori» nishoni sovrindori, yosh ijodkor Yorqinjon Hayitboev. Toshkent tomon yo’l olgan yoshlarga omad tilaymiz va ishonamizki, ular sirdaryoliklarning o’rni qay darajada ekanligini isbotlab kelishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan