Bugun, 2-iyul kuni “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilinganiga 29 yil boʼldi

👉Bugun, 2-iyul kuni “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilinganiga 29 yil boʼldi
✍️Konstitutsiyamizning 5-moddasida “Oʼzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʼz davlat ramzlari — bayrogʼi, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qoʼyilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega boʼlgan bayroq, gerb va madhiyamiz esa davlat va xalq birligini namoyon etadi.
📌Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-oʼylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va oʼziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi. Davlat ramzlari orasida davlat tili va gerbi ham alohida ahamiyatga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan