“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 29 yilligi” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

 

 

 

Bugun Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti bilan hamkorlikda Zoom dasturi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 29 yilligi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Abdulloev olib bordi.

 

Dastlab institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Z.Boboqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi. – “Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tarovatli vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasvirlangan. Bu serquyosh yurtimizga, undagi obod manzillarga ishora. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar – mangulik timsoli bo‘lsa, gerbning so‘l tomonidagi bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizq-ro‘zi butunligidan, o‘ng tomonidagi qiyg‘os ochilgan g‘o‘za ifodalangan chambar yurtimiz odamlarining oppoq orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida joylashgan yarim oy va yulduz xalqimizning dinu diyonatiga xos muborak timsollardir.

Gerbimiz markazida qanotlarini yozib, parvozga shaylanib turgan Humo qushi tasviri bor. Manbalarda qayd etilishicha, xalqimiz Humoni azaldan davlat qushi sifatida tasavvur qilib kelgan. Zaminimizda necha ming yillar ilgari paydo bo‘lgan afsonalarda Humo qushi baxt, omad, himmat, olijanoblik timsoli sifatida tasvirlangan. Gerbning pastki qismidagi davlatimiz bayrog‘ini ifodalovchi chambar tasmaga “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan”- deya o’z fikrini yakunladi Z.Boboqulov.

Shundan so‘ng “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi dotsenti M.B.Safarov so’zga chiqdi. Ma’ruzachi o’z nutqida eng avvalo barcha yoshlarni 30-iyun “Yoshlar kuni” hamda 2-iyul “Davlat Gerbi qabul qilingan kun” qo’shaloq bayramlari bilan tabrikladi va “Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.  –“Tamg‘amizdagi barcha ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, to‘kinlik, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini o‘zida namoyon etadi. Gerbimiz o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbai, yoshlarimizni vatanparvarlik, ajdodlarimiz an’analariga sodiq farzandlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim vositadir”- deb o‘z fikrini bayon etdi M.Safarov.

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan