Sirojiddin Sayyid: «Zomin seminaridan yangi nomlar vulqondek otilib chiqishiga ishonaman»

Sirojiddin Sayyid: «Zomin seminaridan yangi nomlar vulqondek otilib chiqishiga ishonaman»

Zomin tumanidagi «O‘riklisoy» dam olish maskanida «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Respublika yosh ijodkorlarining – Zomin seminari tantanali ochildi.

Tadbirni Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov olib bordi. Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev tadbir ishtirokchilarini qutlab, barchaga omad tiladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ushbu seminarni Prezidentimiz bir yillik tanaffusdan so‘ng qayta tashkil etganini, ushbu seminarni o‘tkazishda barcha sharoitlarni yaratib bergan Jizzax viloyati hamda Zomin tumani hokimlariga minnatdorlik bildirdi.

So‘zga chiqqanlar iste’dodli yoshlarning ana’naviy Zomin seminari yangidan -yangi iqtidorlarni kashf etilishiga ulkan ishonch bildirdi. Yosh shoir va shoiralar Jizzax farzandi Xamid Olimjonning she’rlaridan namunalar o‘qidi.

–Oltin konidan faqat tilla chiqadi, boshqa ma’danni u yerdan izlash behuda,– dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. – Adabiyotga Hamid Olimjon, Sharof Rashidovdek buyuk darg‘alarni yetishtirib bergan el yana yangi-yangi iqtidorlarni yetishtirishda davom etmoqda. Bugungi Zomin seminaridan ham yangi nomlar vulqondek otilib chiqishiga ishonaman.

Zomin seminari davom etmoqda.

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan