Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar va mas’ul xodimlari ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi o‘zlari tanlagan vaksina bilan emlanishmoqda.

Kuni kecha Prezidentimiz topshirig‘i bilan OTM professor – o‘qituvchilari va talabalari ham COVID-19 ga qarshi davlat byudjeti hisobidan vaksina oladigan fuqarolar ro‘yxatiga kiritildi.

🌀Talabalar yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘z ixtiyorlari bilan koronavirusga qarshi emlanishni boshlashdi.

💉 Bu jarayonda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar va mas’ul xodimlari ham faol qatnashib, ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi o‘zlari tanlagan vaksina bilan emlanishmoqda.

📌 Unutmang, ayni damda emlanish har qachongidan ham muhim bo‘lib, u ko‘proq kasallikning oldini olish va odamlar hayotini saqlab qolishning xavfsiz va samarali usulidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan