An’anaviy zomin seminari mushoiralarga boy bo‘ldi

An’anaviy zomin seminari mushoiralarga boy bo‘ldi

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi so‘lim O‘riklisoy oromgohida mamlakatimiz yosh ijodkorlari yana jam bo‘ldi. Ustoz ijodkorlar ko‘magida o‘z ijodlarini yanada sayqallashtirib, bilim va mahoratini boyitishi, yutuq va kamchiliklarini o‘rtoqlashishi uchun zamin yaratildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusni hayotga tatbiq etishning yana bir amaldagi ifodasi sifatida seminarning ikkinchi kuni ham qizg‘in va qiziqarli o‘tdi. She’riyat, nasr, dramaturgiya, badiiy publisistika, bolalar adabiyoti yo‘nalishlarida yurtimizning taniqli shoirlari, yozuvchilari, adabiyotshunoslari yoshlarga saboq berdi.

Seminar doirasida o‘tgan latif mushoiralar yoshlarni yanada bir-biriga yaqinlashtirdi. Ijodiy fikr almashishga, ijod namunalarini o‘rtada baham ko‘rishga ishtiyoqni oshirdi.

– Ustoz ijodkorlar tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar biz, yosh ijodkorlarning adabiyotning sirli olamiga yanada chuqurroq kirishimizga yo‘l ko‘rsatmoqda, – deydi seminar ishtirokchisi, farg‘onalik yosh shoira Parizoda Ro‘ziboyeva. – Har bir mashg‘ulotda ustozlarimiz ishtirokida she’rlarimiz muhokama qilinib, yutuq va kamchiliklarimiz ko‘rsatib berildi. Bu bizning ijodiy tafakkurimizni yanada boyitmoqda.

Anjuman mashg‘ulotlari davom etmoqda.

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan