PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

Joriy yil 7 iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov raisligida Shayxontohur tuman prokuraturasining “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Shayxontohur tuman prokuraturasi Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida kasb-hunar maktablari, texnikumlar va kollejlarda sodir etilgan qonunbuzilish holatlari chuqur tahlil qilinib, aniqlagan muammolarni bartaraf etish hamda bu borada professional ta’lim muassasalari direktorlarining mas’uliyatini oshirish, tizim oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda bu borada mavjud muammolar yechimi yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan