Toshkent davlat transport universitetida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha davomiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🎬Shuningdek, adib xotirasini mustahkamlash maqsadida “Erkka intilgan shoir” nomli hujjatli film olish ishlari ham boshlab yuborilgan. Film universitet, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda “First art” media studiyasi hamkorligida olinmoqda.
Film adib tug‘ilgan, ijod qilgan Ozarbayjon, Dog‘iston hamda Toshkent shahridagi shoir yashagan xonadon va mahalla, gazeta tahririyati, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Adiblar xiyobonida suratga olinmoqda. 6-iyul kuni filmga olish jarayonlarining yakuniy bosqichlari “Adiblar xiyoboni”da olindi. Unda universitet talabalari adib poyiga gul qo‘ydilar.

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:
https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan