XORIJIY OLIYGOHLAR BILAN HAMKORLIKDA MAGISTR VA DOKTORANTLAR TAYYORLASH KENGAYMOQDA

XORIJIY OLIYGOHLAR BILAN HAMKORLIKDA MAGISTR VA DOKTORANTLAR TAYYoRLASH KENGAYMOQDA

Oliy ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalarning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorlaridan iborat delegasiya Belarus davlatida bo‘lidi.

Delegasiya tashrifidan maqsad Belorus Davlat universiteti (bu OTM QS dunyo reytingida 295 o‘rinni egallab turibdi) bilan kelishuv va o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolash va uni amalga tadbiq etishdan iborat.

Uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston, Belorus va Polsha davlatlaridagi OTMlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzildi.

Unda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro magistr va doktorantlarni tayyorlash, kelajakda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish qayd etilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan