“Azmu shijoatli yoshlarimiz bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni albatta bunyod etamiz!”

“OʻzLiDeP Press Klubi”ning navbatdagi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag‘ishlab 2021 yil 30 iyun kuni o‘tkazilgan tantanali marosimda kelgusida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bildirgan ezgu tashabbuslari ijrosini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi.

“Azmu shijoatli yoshlarimiz bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni albatta bunyod etamiz!” mavzusida o‘tkazilgan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar Parlamenti a’zolari, vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Press-klub davomida ma’ruzada bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, OʻzLiDeP tomonidan ishlab chiqilgan
31 ta banddan iborat bo‘lgan Prezidentimizning Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

Chora-tadbirlar rejasida quyidagi vazifalar o‘rin olgan:

– mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish, jamiyatdagi faolligini oshirish borasida partiyaning dasturiy vazifalariga tegishli qo‘shimchalar kiritish;

– paxta va g‘alladan qisqaradigan maydonlarda oziq-ovqat ekinlari yetishtirish uchun yerlarni 10 yil muddatga ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

– 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda yoshlar targ‘ibot ishlarini olib borish;

– hududlarda tashkil etilgan 186 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi 3 mingta loyiha doirasida yoshlarimiz uchun 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

– yoshlarning Parlament faoliyatidagi ishtirokini jadallashtirish, ularning huquqiy-siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar Parlamentining OʻzLiDeP yoshlar fraksiyasi” loyihasini amalga oshirish va shu kabi ko‘plab masalalar vaziflar o‘rin olgan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan