Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetining filologiya yo‘nalishi bitiruvchisi Quddus Asadning ijod namunalari qo‘shni davlatlarda ham e’tirof etildi

Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetining filologiya yo‘nalishi bitiruvchisi Quddus Asadning ijod namunalari qo‘shni davlatlarda ham e’tirof etildi.

Yosh shoir Qozog‘iston Respublikasining «Jahon iste’dodlari uyushmasi» (“Duniye talantlari odag‘i”) uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.

Dunyoning barcha davlatlarida ushbu uyushmaning vakolatxonalari yoki vakillari bo‘lib, ijodiy birlashma millati, dini, tili, irqidan qat’iy nazar, yaratish ishqida yonayotgan, olg‘a intilayotgan barcha yoshlarni o‘z atrofida birlashtiradi. Ular orasida haykaltaroshlar, musiqachilar, rassomlar, ixtirochilar, shoir va yozuvchilar ham bor.

Sirdaryolik yosh shoir Quddus Asadning she’rlari “Dunyolarga tanitamiz Sirdaryoni”, “Dil tug‘yonlari”, “Vatanga vafo”, «Bo‘zatov ilhomlari» she’riy to‘plamlarida, shuningdek, bir qancha adabiy-badiiy ommabop nashrlarda e’lon qilingan. Ijodkor 2018 yilda respublika Yosh ijodkorlarining “Zomin seminarit – 2018” loyihasida, joriy yilda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumanida o‘tkazilgan ”Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichida faol ishtirok etgan.

 

– Ijod men uchun mo‘jiza, – deydi Quddus Asad. – She’riyat xalqimni, uning qon-qoniga singib ketgan buyuk insoniy fazilatlarni dunyoga tanitish va e’tirof etish uchun menga in’om etilgan muqaddas ne’matdir. Shunday ekan, bundan keyin ham Vatan va xalqim madhi ijodimning bosh mavzusi bo‘lib qolaveradi

 

🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi:

https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan