JIZZAX VILOYATIDAGI OLIY VA PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

JIZZAX VILOYATIDAGI OLIY VA PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Jizzax viloyatidagi oliy va professional ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.

Jumladan, xizmat safari davomida Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari hamda Sharof Rashidov politexnika texnikumi va Jizzax shahar kasb-hunar maktablari yaqindan o‘rganildi.

Dastlab, oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar ijrosiga alohida to‘xtalib, belgilangan topshiriqlarning amaldagi ijrosini ta’minlanmas ekanmiz, pirovard maqsadga erishib bo‘lmaydi, – deydi vazirning birinchi o‘rinbosari K.Karimov.

Uchrashuv chog‘ida talabalarning tahsil olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, institut moddiy texnik bazasini rivojlantirish, qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar haqida fikr almashildi.

Shundan so‘ng, Sharof Rashidov politexnika texnikumi va Jizzax shahar kasb-hunar maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘quv va o‘quv amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni ko‘paytirish, dual ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish hamda qabul jarayonini tashkil etishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan