O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A

O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A!!!

2021-yilning 2-8 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi 28-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC – International Mathematics Competition (https://youtu.be/xrlwp5WUeYc)) onlayn bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi.

🏛 Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba ham ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, 💯% lik natija ko‘rsatdi.

🏆 Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qo’lga kiritishdi!

🔰G‘olib talabalarimiz bilan tanishing.

🥇Oltin medal:

1⃣ O‘zbekiston milliy universiteti talabasi — Abdushukur AHADOV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jasurbek IMOMOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Maftuna SAMATBOYEVA;

4⃣ Urganch davlat universiteti talabasi — Islombek ISMOILOV;

5⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — Kamal SADIKOV.

🥈Kumush medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Shahzod QUROQBOYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Doniyor YAZDONOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURAYEV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir NORBOYEV;

5⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Davrbek OLTIBOYEV;

6⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi — Abdumalik ABDUQAYUMOV.

🥉Bronza medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Laziz ABDULLAYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Nilufar RAJABOVA;

3⃣ Guliston davlat universiteti talabasi — Olimjon JALILOV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURSUNBOYEV.

✔️ Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Javohir ISKANDAROV va Nodirbek G‘AFFOROVlar faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi.

✔️ Bundan tashqari, Qarshi davlat universiteti talabalari ham yakka tartibda mustaqil ishtirok etib, Asror JABBOROV bonza medal, Jahongir XOLMONOV va Sardor SAIDOVlar maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

🎉 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni mazkur yutuq bilan qutlab, ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan ustozlar Behzod Qurbonboyev (Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga (O‘zMU) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan